Maxfiylik siyosati
Soʻzbogʻ — oʻzbekcha soʻz jumbogʻi
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 4-oktabr
Qisqasi
Soʻzbogʻ sizdan telefon raqami, manzil yoki parol soʻramaydi. Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Oʻyin internetsiz ham toʻliq ishlaydi.
Faqat siz ixtiyoriy ravishda Google bilan kirsangiz, Google bizga ismingiz, elektron pochtangiz va hisob identifikatoringizni beradi (pastda «Bulutda saqlash» boʻlimida).
Internet uch narsa uchun ishlatiladi: doʻkondagi «Reklama koʻring» tugmasi, ixtiyoriy bulutda saqlash (Google bilan kirish) va nomsiz oʻyin statistikasi. Quyida batafsil.
Nima yigʻilmaydi
- Telefon raqami, manzil va parol — soʻralmaydi. Ism va elektron pochta faqat siz Google bilan kirsangizgina saqlanadi.
- Joylashuv, kontaktlar, rasmlar, mikrofon — ochilmaydi.
- Hisob (akkaunt) yaratish shart emas.
- Boshqa ilova va saytlardagi faoliyatingiz kuzatilmaydi.
Nima saqlanadi
Faqat oʻyinning oʻzi uchun kerak boʻlgan narsa, va faqat sizning telefoningizda:
- qaysi bosqichdasiz va qaysilari ochilgan;
- tanga soni va sotib olingan yordamlar;
- kunlik jumboq natijalari va ketma-ket kunlar;
- ovoz, musiqa va qorongʻi rejim sozlamalari.
Google bilan kirmasangiz, bu ma’lumot serverga yuborilmaydi va ilovani oʻchirsangiz u ham butunlay yoʻqoladi.
Bulutda saqlash (ixtiyoriy)
Sozlamalarda Google hisobingiz bilan kirsangiz, progressingiz (bosqich, tanga, sozlamalar) Google Firebase serveriga saqlanadi — telefon almashtirsangiz ham davom ettirasiz.
Buning uchun Google bizga ismingizni, elektron pochtangizni va hisobingizning ichki identifikatorini beradi. Ular Firebase Authentication'da saqlanadi, progress esa Firebase'ning ma’lumotlar bazasida shu identifikator ostida turadi. Parolingizni biz hech qachon koʻrmaymiz.
Kirmasangiz, progressingiz serverga yuborilmaydi.
Oʻyin statistikasi
Qaysi bosqichlar juda qiyin yoki juda oson ekanini bilish uchun oʻyin Google Analytics for Firebase orqali nomsiz voqealarni yuboradi: bosqich boshlandi yoki tugadi, qancha vaqt ketdi, yordam ishlatildi, doʻkondan narsa olindi, xarid boshlandi yoki tugadi.
Statistika voqealarida ism, pochta, telefon raqami yoki hisob IDsi yuborilmaydi (Google bilan kirgan boʻlsangiz ham). Google Analytics tasodifiy ilova identifikatoridan foydalanadi va taxminiy joylashuvni (davlat darajasida) koʻrishi mumkin: Google maxfiylik shartlari.
Reklama
Reklama majburiy emas. U bosqich orasida ham, gʻalaba oynasida ham, boshqa hech qayerda ham oʻz-oʻzidan chiqmaydi. Faqat siz doʻkonda tugmani bosganingizda koʻrsatiladi.
Biz reklamadan hech qanday ma’lumot olmaymiz — bizga faqat «koʻrildi» degan javob keladi va oʻyinda tanga qoʻshiladi.
Reklama identifikatorini istalgan vaqtda oʻchirish yoki tiklash mumkin: Sozlamalar → Maxfiylik → Reklamalar.
Internet
Oʻynash uchun internet kerak emas. Lugʻat, ovozlar, musiqa va shriftlar ilovaning ichida — oʻyin samolyot rejimida ham toʻliq ishlaydi.
Tarmoqqa faqat reklama tugmasi, bulutda saqlash va oʻyin statistikasi uchun chiqiladi.
Xarid
Doʻkonda tangani haqiqiy pulga sotib olish mumkin. Bu ixtiyoriy — oʻyinni bir tiyin toʻlamasdan oxirigacha oʻtsa boʻladi.
Toʻlovni toʻliq Google Play boshqaradi. Karta raqami, ism, manzil — hammasi Google orqali oʻtadi. Biz bu maʻlumotni na koʻramiz, na saqlaymiz, na uzatamiz. Bizga faqat “toʻlandi” degan javob keladi va tanga qoʻshiladi.
Xarid tarixi telefonda saqlanmaydi — u Google Play hisobingizda turadi.
Bolalar
Oʻyinda chat ham, begona havolalar ham yoʻq.
Reklama faqat oʻyinchi oʻzi tugmani bosganda chiqadi — tasodifan ochilib ketmaydi.
Bola tasodifan sotib olmasligi uchun Play Store sozlamalarida xaridga parol qoʻysa boʻladi.
Ma’lumotni oʻchirish
Telefondagi progress: Sozlamalar → Boshqarish → Progressni tozalash. Bu telefonda saqlangan hamma narsani darhol oʻchiradi. Google bilan kirmagan boʻlsangiz, ilovani telefondan oʻchirish ham xuddi shunday natija beradi — biror joyda nusxasi qolmaydi.
Google bilan kirgan boʻlsangiz: bulutdagi nusxa ilovani oʻchirganda ham qoladi. Uni va kirish yozuvingizni (ism, pochta, identifikator) butunlay oʻchirish uchun ilova ichida Sozlamalar → Hisob → Hisobni oʻchirish tugmasini bosing. Ilova oʻrnatilmagan boʻlsa: tong-inc.pages.dev/delete-account sahifasidagi yoʻriqnoma boʻyicha yoki quyidagi pochtaga yozing — 30 kun ichida oʻchiramiz va tasdiqlaymiz.
Nomsiz oʻyin statistikasi hisobingiz bilan bogʻlanmagan; Google Analytics uni oʻz saqlash muddati tugagach oʻzi oʻchiradi.
Oʻzgarishlar va aloqa
Bu siyosat oʻzgarsa, yangilangan sana yuqorida koʻrsatiladi.
Savol boʻlsa yozing: tolibjonfayz@gmail.com